So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

08 mar 18:57
Yangiliklar

Boshqalar

Xalqaro tekbol federaciyasi, Xalq talimi vazirligi va MOQ o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Teglar :  Tekbol
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Xalqaro tekbol federaciyasi rahbariyati yurtimizga tashrif buyurgan.

Tekbol sportini mamlakatimizda ham ommalashtirish maqsadida tashkil qilingan ushbu safar davomida yana bir muhim qadam tashlandi. Bugun MOQ anjumanlar zalida Xalqaro tekbol federaciyasi, O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi va O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi o'rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur tadbirda Xalqaro tekbol federaciyasi Bosh kotibi kichik-Marius Vizer, Xalq talimi vaziri SHerzod SHermatov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, yaqin o'tmishimizning taniqli futbolchilari ishtirok etishdi. 

Tadbir avvalida SHerzod SHermatov imzolanajak memorandum haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Tadbirimiz avvalida ushbu sport turining qiziqarli ekanligiga yana bir karra amin bo'ldim. Bu o'yin maktablarimizda o'quvchilarining sevimli o'yini bo'lishiga ishonaman. Uning yordamida 5-6 xil sportni mujassamlashtirish mumkin. Bu esa yoshlarimiz orasida sog'lom turmush tarzi targ'iboti yo'lida, o'quvchilarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishda ayni muddao”, – dedi Xalq talimi vaziri.

SHuningdek, MOQ Bosh kotibi istiqbolli hamkorlik haqida shunday deydi:

“Xalqaro tekbol federaciyasining yurtimizda ushbu sport turini targ'ib qilish borasida ko'rsatayotgan tashabbusi uchun rahmat aytib o'tamiz. Haqiqatda, ushbu sport butun dunyoda juda tez suratlarda rivojlanib bormoqda. Tekbol muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan sog'lom turmush tarzi targ'iboti uchun juda mos keladi. Bu sport kelajakda Osiyo va Olimpiya o'yinlari dasturiga kirishi mumkin. Sizlar bilan hamkorlikda ishlashdan mamnunmiz”.

Tadbirda xalqaro tashkilot Bosh kotibi ham so'z olib, imzolanadigan memorandum, uning mohiyati va tomonlarning majburiyati haqida gapirib o'tdi. Unga ko'ra, Xalqaro tekbol federaciyasi O'zbekistonga yaqin kelajakda 10 ming dona tekbol inventarlarini etkazib beradi. Xalq talimi vazirligi va MOQ esa yurtimizda ushbu sport turini ommalashtirish borasida hamkorlikda ishlaydi.

SHundan so'ng tomonlar hamkorlik memorandumiga imzo chekishdi. Tadbir yakunida Farhod Tojiev, Temur Kapadze, Islom Inomov kabi futbolchilarimiz xalqaro tashkilot vakillari bilan ko'rgazmali o'yinda ushbu sport turi bilan yaqindan tanishishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing