So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

10 sen 09:48
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

Xanchjou-2022 va Parij-2024 musobaqalariga tayyorgarlik dasturlari muhokama qilinmoqda

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda terma jamoalarimizni Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorlash mavzusida yangi dastur yo'lga qo'ydi.

Unda dastlab O'zbekiston suv sporti turlari federaciyasining ish rejasi ko'rib chiqildi. Unda MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, shuningdek, har ikki tashkilotning mutasaddi vakillari ham ishtirok etishdi. Tadbirda federaciya Bosh kotibi Alisher G'aniev o'z taqdimotini namoyish qildi.

Malumki, suv sporti turlari Olimpiya o'yinlarida eng ko'p medallar taqsimoti o'ynaladigan sport turi hisoblanadi. SHu jumladan, Osiyo o'yinlarida ham. Bugungi tadbirda Respublikamizda faoliyat olib borayotgan sport bazalari, terma jamoa vakillarini yirik musobaqalarga tayyorlash masalalari batafsil ko'rib chiqildi.

Yig'ilish davomida terma jamoalarning yaxshi natijalarga erishishida sportchilarga etarli sharoit yaratib berish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi. SHuningdek, mutasaddilar tomonidan suv sporti turlari bo'yicha jahon standartlari talabiga javob bera oladigan baza tashkil etish masalasi ham o'rtaga tashlandi.

Parij Olimpiadasiga qadar sportchilarimiz oldida turgan musobaqalarda munosib ishtirok etishlari uchun ularga shart-sharoit yaratib berish borasida barcha imkoniyatlarni ishga solish, jumladan, xorij davlatlarida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini tashkil etish borasida takliflar ko'rib chiqildi.

O'z navbatida tadbir tanqidiy ruhda bo'lib o'tganini takidlash joiz. Rasmiy vakillar qaroriga ko'ra, taqdimotda ko'rsatilgan masalalardagi kamchiliklar 14 sentyabr kuni takror ko'rib chiqiladigan bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing