17 fev 15:41
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Xanyu Olimpiada tarixidagi 1000-medalni qo'lga kiritdi
Yaponiyalik sportchi Yudzuru Xanyu bugun figurali uchish bo'yicha Olimpiada chempioniga aylangandi.
Xanyu ikki karra Olimpiada chempioni bo'lish barobarida Qishki olimpiya o'yinlari tarixidagi yubiley - 1000-oltin medalni qo'lga kiritdi. Birinchi Olimpiada oltin medali 1924 yilning 26 yanvar kuni Franciyaning SHamoni shahrida o'tgan Qishki Olimpiadada o'z egasiga topshirilgandi.
O'sha tarixiy oltin medalga amerikalik konkida CHarlz Jotrou 500 m masofaga konkida yugurish bahslarida ega chiqqan edi. SHamoni-1924 Olimpiadasida 16ta, Pxyonchxan-2018da esa 102ta medallar jamlanmasi o'ynalyapti.
SHu kungacha 36ta davlat sportchilari tomonidan Qishki olimpiya o'yinlarining oltin medallari qo'lga kiritilgan. Eng ko'p - 124ta oltin medalga Norvegiya terma jamoasi sportchilari ega bo'lishgan.
Havola :
Fikrlar