08 apr 09:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Xaver Mendes: Xabibni ishontirishdi
Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes shogirdini AQSHdan chiqib ketishi haqida gapirdi.
“Barchasi ketishdan avval boshlandi. U mendan bir kunga javob so'radi. Ularga javob berdim. Birozdan so'ng, Xabib Abu-Dabiga uchib ketayotganini malum qildi. Sababi, unga jang BAAda bo'lishini aytishgandi. U bu xabarga ishonib qoldi va AQSH hududidan chiqib ketdi.
Keyinchalik, Amirlik ham Xabibni kiritmaganidan so'ng, Rossiyaga jo'nab ketishga majbur bo'ldi. SHu tariqa, Xabib jamoasi bilan Rossiyada qolib ketdi. Agar uni ishontirishmaganida, AQSHdan ketmagan bo'lardi. Boisi, u bu jangni anchadan beri kutayotgan va tayyorlanayotgan edi”, - dedi Mendes.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar