18 dek 17:10
Yangiliklar
Futbol
Xavi Italiya top klubini boshqarishi mumkin
"Barselona" klubi sobiq futbolchisi Xavi Italiyaning "Milan" jamoasini boshqarishi mumkin.
Bu haqda "El Nacional" malum qildi. Buning uchun milanliklar avval klubning hozirgi ustozi Paulu Fonsekani istefoga chiqarishlari kerak bo'ladi. Xavi "rossonerilar" vakillari bilan muzokaralar olib borgan va A Seriya jamoasini boshqarishga qarshi emas.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Xavi AQSHning "Inter Mayami" klubini boshqarish taklifini rad etgan edi. Vaholanki, u erda "Barselona" sobiq yulduzlari Lionel Messi, Luis Suares, Serxio Buskets hamda Xordi Alba to'p tepishadi.
Havola :
Manba : El Nacional
Fikrlar