23 may 15:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Xirn bir oy ichida to'rtta boks oqshomini tashkil etmoqchi
Promouter Eddi Xirn pandemiya vaqtida qanday qilib boks oqshomlarini tashkil etilishini tushuntirib berdi.
"Vaziyat tezda o'zgarib ketishi mumkinligini tushunishimiz kerak. Rejam - bir oy ichida to'rtta boks oqshomini tashkil etish. Ularning eng asosiysi Dillian Uayt va Aleksandr Povetkin ishtirok etadigan bo'ladi. Men hovlimda chempionlik jangini tashkil qilmoqchiman. Nima uchun yo'q?
Men tarix yaratmoqchiman. Bunga o'xshash shoular endi muxlislarsiz o'tkazilishiga ko'nikishimiz kerak.
Avgust oyiga borib esa biz muxlislarni ham taklif etishimiz mumkin bo'ladi", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar