So’nggi yangiliklar

14:58Расман: Марк Кукурелья — "Реал" футболчиси! 0 14:31Топурияни қўлтиқлаб олиб чиқиб кетишди, Гэтжидан сальто. Оқ уй UFC турнирининг ёрқин СУРАТЛАРИ 0 13:55Макгрегор Топуриянинг Гэтжи билан жангдаги мағлубияти ҳақида гапирди 0 13:29Царукян Гэтжининг Топурия билан жангидаги ғалабасидан 5,7 млн доллар ютиб олди 0 12:58Алижонов умумий гуруҳга қайтди. Машарипов, Ҳамробеков ва Ғаниевчи? 0 12:33Махачев Гэтжининг Топурия билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 11:54UFC White House - Freedom 250 турнир бонуслари кимларга насиб қилди? 0 11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0 08:28Оқ уй: Шон О'Мэлли иштирокидаги жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 08:11Деррик Льюис Оқ уйда жанг қилди 0

22 may 22:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Xirn: Boks - Bundesliga emas, bu erda barchasi boshqacha

Teglar :  BoksEddi Xirn
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn karantindan chiqish strategiyasi haqida gapirib berdi.

"Men studiyalarda jang tashkil qilib, boksdagi pullarni yo'qotishni istamayman. U erda biz muxlislarga kerakli sifatni etkazib bera olmaymiz. Lekin mening mashg'ulot lagerimni ko'rsangiz, vada beramanki, biz sutkada 24 soat efirda bo'lamiz. Xabarlar o'sha erning o'zidan uzatiladi, Sky Sports jonli efirlar namoyish etadi, matbuot anjumanlari bo'ladi. Bokschilar albatta koronavirus uchun test topshirishadi va tahlil natijalari elon qilinadi. Hafta davomida bu erda drama sodir bo'ladi. 

Gap boshqa promouterlar bilan emas, boshqa sport turlari bilan raqobat haqida. Har bir sport turida hozir raqobat bor. Men muxlislar va homiylar boksni ko'rib, "Qarang, boksni yopiq eshiklar ortida haqiqatdan ham o'tkazsa bo'lar ekan" deyishlarini istayman. 

UFC bizga muxlislarsiz zalda qanday bo'lishini ko'rsatib berdi. Bu sizga biz kecha ko'rgan Bundesliga emas. U erda barchasi g'alati ko'rindi, shunday emasmi? Boksda boshqacha bo'ladi. Siz zarbalarni, burchaklarda bo'ladigan gap-so'zlarni eshitib turasiz. Ijobiy tomonlarni topib, ko'rsata bilish lozim", - dedi Xirn. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing