14 jan 11:04
Yangiliklar
Tennis

Xobart (WTA). Mertens titulini himoya qildi
Avstraliyaning Xobart shahri mezbonlik qilgan WTA tasnifidagi turnirda belgiyalik Eliza Mertens g'oliblik shoxsupasiga ko'tarildi.
Hobart International musobaqasining sovrin jamg'armasi 226 750 dollarni tashkil etgandi. Ikki soatu 31 daqiqa davom etgan final bahsida dunyoning 36-raketkasi bo'lgan Mertens ruminiyalik Mixaela Buzarneskuni 6:1, 4:6, 6:3 hisobida taslim etdi.
Bu
bilan belgiyalik raketka ustasi o'zining chempionlik titulini himoya qildi. Xobartdagi
muvaffaqiyatli ishtirok Elizaga 43 000 dollar mukofot puli ahamda 280
reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar