So’nggi yangiliklar

20:33Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионатида бир қанча россиялик спортчилар иштирок этиб, ғолиб ва совриндор бўлишмоқда 0 18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0

30 jan 17:54
Yangiliklar

Xokkey

Xokkeyda mahalliylashtirish, "Humo"ning maqsadi va kelajakdagi rejalar - Xokkey federaciyasi birinchi vice-prezidenti Bahodir Gafurov bilan INTERVYU

"Humo" matbuot xizmati O'zbekiston xokkey federaciyasining birinchi vice-prezidenti Bahodir Gafurov bilan intervyu uyushtirdi.

Olamsport.com sayti ushbu intervyuning o'zbekcha variantini etiboringizga havola qiladi. 

-Bahodir Ismoilovich, biz O'zbekistonda eng asosiy xokkey odami siz degan fikrga ko'nikib qoldik. Siz mamlakatda xokkey birinchi navbatda sizga bog'liq degan faktni tushunib etdingizmi?

-Bunday fikrga ko'nikib bo'lmaydi, shunchaki bunday bo'lishiga o'zim yo'l qo'ymayman. Xokkey - jamoaviy sport turi, xokkey bilan bog'liq ishlar ham jamoaviy bo'lishi kerak. SHuning uchun, ushbu jarayonga bog'liq har bir odam masuliyatni bo'ynida olib yuradi. Ha, biz strategik rahbarlikni aniqlaymiz, yo'nalish beramiz, ammo baribir bu jamoaviy ish ekanligiga asosiy etiborni qaratish lozim. Bizda xursandchilikka, g'alabaga, muvaffaqiyatga chanqoq jamoa yig'ilgan. Oldimizda turgan vazifani tushunib turibmiz. Ushbu harakatimiz lokomotivi - rahbarimiz, federaciya prezidenti Baxtiyor SHuxratovich Fozilov hisoblanadi. Aynan u kishi yo'nalishni belgilab beradi. Bunda davom etmoqda ham. Biz esa DAY BY DAY, yani vazifalarni amalga oshiramiz. Jamoasiz bunday ishlarni qilish qiyin. Siz xokkeyda bir kishi kam bo'lib qolish jamoa uchun qanday tasir qilishini bilasiz. Bizda ham shunday - biz faqat to'liq tarkibda "o'ynaganimizda" kuchli bo'lamiz.


-Siz strategik, taktik boshqaruv haqida gapirdingiz. Operativlikni boshqalar amalga oshirishadiku. Siz jamoani qanday to'pladingiz? U huddi "Humo" kabi internacional hisoblanadi. 

-Kollektiv haqiqatdan ham internacional. SHunchaki oddiy boshladik: ikki kishi bo'lgandi, keyin uch, keyin esa vazifalar ga qarab ko'payishdik. Internacional deganingizda Rossiyadan kelib bu erda ishlayotganlarni nazarda tutdingiz shekilli. Bu haqiqatdan ham shunday. Ammo, bizda millati qanday bo'lishidan qati nazar ularni oila azosidek qabul qilamiz, ish uchun maksimal ravishda qulaylik yaratishga urinamiz. Aytish lozimki, O'zbekistonda uzoq vaqtdan buyon xokkey bo'lmagan. Yumshoq qilib aytganda, ko'mib qo'yilgandi. Xokkey madaniyati kuchli bo'lgan mamlakat mutaxassislari yordamisiz bizga qiyin bo'lardi. SHuning uchun biz hali o'zimiz ham o'rganishimiz kerakligidan uyalmaymiz va buni to'g'ri tushunamiz. 

-O'rganish uyat emas.

-O'rganish, tajriba olish uyat emas. Ular o'z tajribasi bilan o'rtoqlashishga tayyor. Xokkey ommasida bizni qo'llab-quvvatlashmoqda. Buni his qilish yoqimli. Xorijiy federaciya vakillari bilan uchrashuvlarda bizga yordam berishga tayyor insonlarni ko'ryapmiz. Bu ahil xokkey oilasi. 

Biz taklif qilgan xokkey mutaxassislari o'z ishlarini yuqori saviyada bajarishmoqda. O'z navbatida biz bundan mamnunmiz. Federaciya jamoasi, klublar jamoasi, xokkey maktablari va boshqa tomonlama o'sishimiz lozim. 


-Siz bolalar xokkey jamoasi haqida gapirdingiz. Hozir ular to'rtta. "Humo Arena"da esa ikkita muz maydoni bor. Respublika bo'ylab iqtidorlarni izlash rejalashtirilyaptimi? Munosib avlodlar tayyorlash uchun.

-Albatta, o'z kadrlarimizni, o'z xokkeychilarimizni tayyorlash biz uchun asosiy vazifa hisoblanadi. Lekin bu uzoq muddatli. Xokkey maktabimiz eshiklari barcha bolalar uchun ochiq. Biroq, xokkey bilan shug'ullanishni boshlash uchun 6-9 yosh optimal hisoblanadi. Bugungi kunda biz ishonishimiz mumkin bo'lganlar 10-11 yoshda. Ular biz tarbiyalayotgan xokkeychilarning dastlabki avlodidir. Ular O'zbekiston terma jamoasi safida mamlakatimiz bayrog'ini ko'tarishlari mumkin bo'ladi. Buning uchun albatta ular professional bo'lib ulg'ayishlari, 5-8 yil vaqt talab etiladi.

Yuqori saviyadagi professional xokkeychi tayyorlash qiyin vazifa. Biz buni noldan boshlayotganimiz esa vazifani bir necha barobar oshiradi. SHunga qaramay, biz kelajakka optimistik rux bilan qaraymiz. 

-Yangi avlodni tarbiyalash uchun infratuzilma kerak. Superzamonaviy "Humo Arena" bor. Men buni KXLdagi eng zo'ri deb hisoblayman. Samarqandda yangi arena qurilmoqda. O'XFda infratuzilmani Respublika bo'ylab yoyish rejasi bormi?

-Biz o'tgan yili "Humo Arena" foydalanishga topshirilganidan xursandmiz. Bu haqiqatdan ham bizning mintaqa uchun ajoyib obekt. Bugungi kunda muz u erda bekr qolayotgani yo'q. Har ikki muzga ehtiyoj yuqori. Bolalar maktablari, figurali uchish guruhlari u erda shug'ullanishmoqda. Turli muz shoulari repiticiyalari o'tmoqda. To'g'ri aytasiz, infratuzilmani yaxshilash kerak. Bunda biz davlatning yordamiga umid qilyapmiz. Biz xokkey mamlakatlari tajribasini o'rgandik: davlatning qo'llab-quvvatlovi katta ahamiyatga ega. Mamlakatga muz arenalari kerak. Masalan Toshkentda 3 milliondan ortiq aholi bor. Bu erda bolalar bemalol shug'ullanishlari, ommaviylikni oshirish, ko'proq bolalarni qamrab olish uchun yana kamida 4-5ta xokkey maydoni kerak.

Oldimizda qiyin yo'l turibdi. Professional xokkeychini tarbiyalash qiyin ish. Buning uchun og'riqqa chidash, kerak bo'lsa qonlar to'kilishini o'zingda his qilish lozim. SHu sababli ham statistika bo'yicha 100 nafar bola ichidan 5-6 ta, bazida uch nafargina bola katta xokkeychiga aylanishi mumkin. 


-Moskvada muzlarni qurish bo'yicha shahar dasturi bo'lgandi. Tribunalarsiz, shunchaki muz, kiyinish, qurinish xonalari. Umuman, faqat mashg'ulotlar uchun kerak bo'ladigan jihatlar. Balki Toshkentda ham shunday dastur ishlanishi kerakdir?

-Biz hozir xokkey rivojlanishi strategiyasi bo'yicha taqdimot tayyorlamoqdamiz. Uni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimiyatlariga taqdim etamiz. Biz ularni qiziqtira olishimiz, buning ahamiyati qay darajada muhim ekanligini tushuntirishimiz kerak. Ha, Rossiyada bu jihatga katta etibor qaratildi. Buni ham o'rganib chiqdik. Bu yaxshigina yordam beradi. Muzlar ko'payishi orqali biz sonni oshiramiz, bu esa sifatga yordam beradi. Keling, Kanadani misol qilib olamiz. 

-Bu top saviyadagi xokkey derjavasi. 

-Albatta. Qo'rqmasdan aytishim mumkin, dunyoda birinchi raqamli. Ular ushbu sport turi yaratuvchilaridan biri hisoblanishadi. Xalqaro xokkey federaciyasi statistikasiga ko'ra, Kanadada 3300 yopiq va 5000 ta ochiq mavsumiy muzlar bor. Xokkey bilan shug'ullanuvchi bolalar 400 000, kattalar esa 100 000, ayollar 90 000 ni tashkil etadi. Bu hayratlanarli raqamlar. SHuni qayd etish ham lozimki, Kanada aholi soni bo'yicha O'zbekistonda bor-yo'g'i 10 foizga ko'p. 


-Siz Xalqaro xokkey federaciyasi haqida gapirdingiz. O'tgan yilning 26 sentyabrida O'zbekiston xokkey federaciyasi IIXF azoligiga qabul qilindi. Biroz avval, O'zbekistonda tarbiyalanayotgan xokkeychilarning yoshi 10-11 ekanligini qayd etdingiz. Milliy terma jamoaga mahalliylashtirilgan xokkeychilarni taklif etish rejasi bormi?

-Ha, biz bu haqida o'ylayapmiz. Hamkasblar, mutaxassislar, sport vazirligi, MOQ bilan buni muhokama qilmoqdamiz. Agar hozirgi avlod tayyor bo'lishini kutsak, ko'p vaqt ketadi. Bu jarayonni qo'llash uchun, uni qay tarzda ishlashini o'rganib olish kerak. Katta ehtimol bilan keyingi yil yoki ikki yil ichida terma jamoani mahalliylashtirish evaziga tashkil etamiz. Bugungi kunda terma jamoamiz sharafini himoya qilishga tayyor bo'lgan o'z xokkeychilarimiz ham bor. Ularga taklif qilingan xokkeychilarni qo'shamiz. O'zbekiston bayrog'i ostida o'ynashga tayyor bo'lgan yosh xokkeychi yigitlar ro'yxati ham bor. Men "Humo" va "Humo-2" safida o'ynayotgan yosh xokkeychilarni nazarda tutyapman, ularni diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz. Katta ehtimol bilan u yigitlar yaqin kelajakda mamlakatimiz sharafini himoya qilishadi. 

-Mahalliy xokkeychilar deganda birinchi navbatda Javohir Rasulovni nazarda tutdingizmi?

-SHubhasiz, o'z mehnatsevarligi va kuchi evaziga Javohir terma jamoa azosiga aylanish uchun imkoniyatlarga ega. 


-U uchun sardorlik bog'ichi kafolatlangan bo'lsa kerak?

-Albatta kafolatlanmagan. Vaqti kelib buni jamoa va murabbiylar shtabi aniqlaydi. 


-Biz bolalar maktabi, infratuzilma, terma jamoa mavzusini muhokama qildik. Xozir xokkey olamizda ko'pchilikni bir savol qiziqtirmoqda. "Humo" kelasi mavsum qaysi ligada o'ynaydi? Aniq qarorga kelindimi?

-"Humo" bo'yicha. Biz ushbu loyihani mamlakatda xokkeyni ommalashtirish maqsadida tashkil etganmiz. Odamlarda haqiqiy, yuqori saviyadagi, tomoshabop xokkeyni ko'rish imkoni bo'lishi lozim. O'ylaymanki, biz odamlarga bunday imkoniyatni taqdim eta oldik. Barchasi biz kutgandan ham ajoyib bo'ldi. Yaxshi jamoa, murabbiylar ham o'z ishining ustasi. Natijalar ham o'z-o'zidan aytib turibdi, biz pley-off zonasidamiz. Ushbu mavsumda pley-offga yo'llanma olish vazifa qilib qo'yilgandi, biz uni amalga oshirmoqdamiz. Jamoa ishonch bilan olg'a bormoqda. 

Rejalarga keladigan bo'lsak, biz navbatdagi mavsumda ham VXLda qatnashmoqchimiz va oldimizga yanada kattaroq vazifani belgilamoqchimiz. Petrov kubogini qo'lga kiritishga harakat qilamiz. "Humo" va "Humo-2" jamoalari tarkibidagi yigitlarni terma jamoa uchun nomzod sifatida ko'ramiz. Muxlislar esa zavq olishda davom etadilar. CHunki, tomoshaboplik bo'yicha VXL u darajada KXLdan farq qilmaydi. 

-KXLga kirish uzoq muddatli rejadami yoki bu haqida gapirsa bo'ladimi?

-"Biz uchun KXLga kirish asosiy maqsad emas. Tushunamiz, KXL top-saviya. EvroOsiyo mintaqasidagi eng nufuzli xokkey ligasi. U erda jamoalarga bir qator majburiyatlar yuklatiladi. Biz o'z oldimizga qo'ygan maqsadimizni KXL yoki VXL orqali amalga oshirish imkoniyatlarini ko'rib chiqib, taqqoslashimiz lozim. SHu sababli, kelasi mavsumda VXLda qatnashish biz uchun to'g'ri qaror deb hisoblaymiz. Moliyaviy harajatlar, qayd etilayotgan natijalarni hisobga oladigan bo'lsak. Lekin, katta ehtimol bilan 2021/2022 yilgi mavsumda biz KXLda o'ynaymiz.


-Siz O'XF birinchi vice-prezidentligidan tashqari, ERIELL guruhi kompaniyalari rahbarlaridan biri ham hisoblanasiz. Sizda uxlashga vaqt etarli bo'lmoqdami?

-Bu odatiy ish grafigi. SHuning uchun u qadar sezilmaydi ham. Bu ish jarayoni, huddi giyohvand moddadek, usiz xech narsa qilib bo'lmaydi. Oddiy hayot tarzi bo'lib qolgan. SHuning uchun, 3-4 kun, bazida 5 kun nafas rostlash uchun dam olish, tatil bo'lib qolgan vaqtlarda nimadir etishmayotganligini seza boshlaysan. Uchinchi kundanoq. Ish jarayonidan butunlay uzilib qolishning esa umuman iloji yo'q. Umuman olganda, bu oddiy ish tizimi. 


-Oilangiz bundan hafa emasmi?

-Bazida bo'ladi bunday holatlar. Ammo nima ham qilardik. Kerakli so'zlarni topaman. Umuman olganda ular meni tushunishadi.


Aleksandr Malyshev suhbatlashdi

Aziz To'xtamurodov o'zbek tiliga tarjima qildi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing