15 okt 21:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Lazizbek Mullojonovning 14 noyabr kungi raqibi malum bo'ldi
Olimpiada chempioni Lazizbek Mullojonov 14 noyabr kuni Toshkentda o'tkaziladigan boks oqshomida ringga ko'tarilishi haqida xabar qilgandik.
Lift Promotions malumotiga ko'ra, og'ir vaznli bokschimiz o'sha kuni Nigeriya vakili Monyasahu Isola Muritadorga qarshi ringga ko'tariladi.
Ushbu jang WBC MDH kamari uchun tashkil etilishi kutilmoqda.
Malumot uchun, 26 yoshli Mullojonov shu kungacha prof boksda 6 ta jang o'tkazib, barchasida muddatidan oldin g'alaba qozongan. 27 yoshli Monyasahu esa 11 ta jang o'tkazib, bahslarning 6 tasida g'alaba qozongan (5 KO). 3 ta jangda mag'lub bo'lgan (1 KO). 2 ta jangda durang qayd etgan.
Havola :
Manba : Lift Promotions
Fikrlar