12 okt 14:59
Yangiliklar

Rus bokschisi: "Bahodir Jalolov Usikdan avval meni to'xtatsin" (VIDEO)
"Biz har qanday takliflarga ochiqmiz. Haqiqatga yaqin to'qnashuvlardan biri - bu Bahodir bilan jang. U ham yutdi, men ham o'z jangimda g'alaba qozondim. Barchasi kelishuvga bog'liq. U rozilik bersa, biz olg'a boramiz.
Bahodir Usikdan avval meni to'xtatib olsin. Uning jangi Usikkacha hali ancha bor ekanligini ko'rsatib berdi. Men shunchaki shaxsiy fikrimni aytyapman. Ha, u ajoyib, yaxshi yigit, Olimpiya o'yinlari g'olibi. Lekin bu jangi orqali Usikkacha hali ancha qovun pishig'i bor ekanligini ko'rdim. Men birdaniga Fyuri yoki Usik bilan jang qilish niyatida emasman. Men Jalolov bilan jang qilmoqchiman", dedi Xalidov.
Murad Xalidov faoliyati davomida hozirgacha 11 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Bahodir Jalolov hisobida esa 16 ta g'alaba bor.
Fikrlar