27 may 15:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Xolifild ham Taysonning qulog'ini tishlab olmoqchi bo'lganini tan oldi
Evander Xolifild Mayk Taysonga qarshi jang davomida o'ziga xos javob qaytarmoqchi bo'lgani haqida gapirdi.
O'shanda Tayson Xolifildning qulog'ini tishlab olgandi, keyin esa uni diskvalifikaciya qilishgan edi.
"U qulog'imni tishlab olgan - buni hech kim tasavvur qila olmasdi. Sening qulog'ingni tishlab olishlari kutilmagan holat.
Qanday jahlim chiqqani esimda. Men ham unga javoban tishlamoqchi bo'lganman. Lekin o'sha vaziyatda jamoa azolarimning so'zlarini esladim. Ular Tayson nimalardir qilishi mumkinligi, shunday holatlarda xotirjamlikni saqlash kerakligini aytishgandi.
Jangni to'xtatishganida va barchasi joyiga tushganida, to'g'ri ish qilganimni tushunib etdim. O'shanda boksni qutqarib qolgandim deb hisoblayman", - dedi Xolifild.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar