21 may 08:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Xolifild Taysonning mashg'ulotidan hayratlangani yo'q
Evander Xolifild Mayk Taysonning mashg'ulotlari aks etgan videoga o'z munosabatini bildirdi.
"Mayk uddaburon bokschilardek ko'rindi. Aynan ilk marotaba uchrashganimizdagidek. U arqonda sakrashi, lapada ishlashi mumkin, ammo men bu orqali raqibni ko'rganim yo'q.
Tan olaman, men lapa bilan ishlash borasida hech qachon zo'r bo'lmaganman. Lekin murabbiyim doim shunday derdi: "Bokschilar zarba o'tkazib yuborishni boshlashganida, ular ringda qolish-qolmaslikni bilolmay qoladilar. Bu boks haqida bilish lozim bo'lgan haqiqatdir", - dedi Xolifild.
Avvalroq, Xolifild Tayson bilan jang borasida muzokara boshlangani haqida aytib o'tgandi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar