03 iyu 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Xolifild yosh bolalar bilan jang qilmoqchi emas
Ikki vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Evander Xolifild faoliyatini qayta tiklashi haqida xabar bergan edi.
Amerikalik 57 yoshli afsona yosh bokschilar bilan jang qilish istagidan ancha yiroq. Uning bosh maqsadi sobiq raqiblari — Mayk Tayson, Lennoks Lyuis yoki Riddik Bou.
"Men o'z tengqurlarim bilan jang qilishni afzal bilaman. Mendan foydalanib, o'z nomiga ega bo'lishni maqsad qilganlar bilan hech qachon jang qilmayman. Odamlar Riddik Bou, Mayk Tayson yoki Lennoks Lyuis bilan janglarimni kutishyapti. Ularning istalgan biriga qarshi ringga chiqishga tayyorman", - deya Xolifildning so'zlarini keltirmoqda BoxingScene.
Eslatib o'tamiz, Evander Xolifild Mayk Tayson faoliyaini qayta tiklashini aytganidan so'ng ringga qaytayotganini elon qilgandi.
Havola :
Fikrlar