27 may 10:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Xolland jarohat oldi, u 30 may kungi UFC oqshomida oktagonga chiqmaydi
Xabar berganimizdek, 30 may (Toshkentda 31 may tongi) kuni Las-Vegas (Nevada shtati, AQSH) shahrida UFC turniri bo'lib o'tadi.
Asosiy kard janglaridan biri yarim o'rta vazn toifasida Kevin Xolland va Daniel Rodriges o'rtasida o'tkazilishi kerak edi. Lekin bu jang endi o'tkazilmaydi. Bunga Xollandning jarohati sabab bo'ldi.
SHunga qaramay, Rodriges 30 may kungi turnirda ishtirok etadi. Promoushen ayni paytda Danielga yangi raqib izlayapti. Rodriges UFCda bitta jang o'tkazgan bo'lib, unda Tim Minsni mag'lubiyatga uchratgan edi. Kevin Xolland esa ligada 6 ta jang o'tkazib, ularning 4 tasida g'alaba qozongandi.
Havola :
Fikrlar