10 may 12:35
Yangiliklar
Muaytay

Xolmirzaevda muddatidan oldin, Ortiqov esa markaziy jangda g'alaba qozondi. One Friday Fights 107 turniri har ikki muay-taychimiz uchun omadli kechdi
Kecha Tailandning Bangkok shahrida joylashgan "Lumpinee" majmuasida ONE Friday Fights 107 turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqaning markaziy bellashuvida o'zbekistonlik muay-tay ustasi Aslamjon Ortiqov mezbon yurt vakili Dedduanglek Vangxongomga qarshi jang qildi. To'liq davom etgan bahsda Aslamjon yaqqol ustunlik qildi va bu natijada ham aks etdi. Ortiqov hakamlarning yakdil qarori bilan jangda g'alaba qozonib, faoliyatidagi 21-jangida 21-g'alabasini nishonladi.
Turnirda yana bir hamyurtimiz Avazbek Xolmirzaev ham o'z jangini o'tkazdi. Braziliya vakili Robson de Oliveyraga qarshi kechgan bahsda Avazbek ikkinchi raundda texnik nokaut orqali zafar quchdi. Endi Xolmirzaev hisobida 12 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat mavjud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar