So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

05 mar 08:27
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

XOQ koronavirus xavf solayotgan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari bo'yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi

Xabaringiz bor, Xitoy davlatida tarqala boshlagan koronavirusning yangi COVID-19 turi ayni kunlarda butun dunyo bo'ylab katta xavfni keltirib chiqarmoqda.

Buning ortidan bir qancha xalqaro musobaqalarning o'tkazilishi ortga surilmoqda. Ayrimlari esa butunlay bekor qilindi.

O'z navbatida bu holat har to'rt yilda bir marta o'tkaziladigan eng nufuzli musobaqa Olimpiya o'yinlarining o'tkazilishini ham so'roq ostida qoldirmoqda edi. Ammo, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi kecha rasmiy bayonot bilan chiqib, Yaponiya poytaxti Tokio shahri mezbonlik qiladigan XXXII yozgi Olimpiya hamda XVI Paralimpiya o'yinlari o'z belgilangan sanasida bo'lib o'tishini malum qildi.

Malum qilinishicha, Xalqaro olimpiya qo'mitasi ijroiya qo'mitasi tomonidan koronavirus va uning yangi turi xavfi borasidagi muhokamalaridan so'ng musobaqalar o'z vaqtida o'tkazilishi to'g'risida qaror qabul qilingan.

Qarorda takidlanishicha, barcha sportchilar to'rt yillikning eng yirik turniri uchun tayyorgarlikni davom ettirishlari mumkin.

XOQ ushbu qarorni maqullashda koronavirus tufayli yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari o'tkazilmasligi borasidagi taxminlar paydo bo'lganidan so'ng qabul qilishga majbur bo'lgan.

Yaponiya rasmiylari bir necha bor Olimpiada uchun biron-bir xavf yo'qligini aytishgan. Kunchiqar yurtda ushbu musobaqalarga tayyorgarlik uchun 12 milliard dollardan ko'p mablag' sarflangani aytilmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
05 mar 13:45:19
SPRINTERshashist
Манимча бу мусобакага шошмаслик керак
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing