08 sen 16:29
Yangiliklar
Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari
XOQ. Olimpiada har qanday holatda ham bo'ladi
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti Jon Koutsning malum qilishicha, Tokio Olimpiadasi belgilagan vaqtda bo'lib o'tadi.
«Olimpiya o'yinlari har qanday holatda ham kelasi yilning 23 iyul kuni bo'lib o'tadi. Hozirda tashkilotning asosiy maqsadi: musobaqa bo'lib o'tadigan vaqtga qadar barcha zaruriy sharoitlarni yaratish. Sababi kelasi yilning yozida bazi mamlakatlar virusni jilovlay olishadi, bazilari esa yo'q. Olimpiadaga esa butun er sharidan sportchilar ishtirok etadi»,-dedi Xalqaro Olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti Jon Kouts.
Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari kelasi yilning 23 iyul kuni boshlanishi lozim.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar