15 iyu 15:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Xorxe Masvidal: Dena Uaytga achinaman
Amerikalik aralash jang ustasi Xorxe Masvidal UFC prezidenti Dena Uaytning so'zlariga munosabat bildirdi.
Xorxe va Dena o'rtasida gonorar masalasida muammo yuzaga kelgan va bu holat nizoga aylanib ketgandi. Uayt o'z so'zida Masvidalga jang kerak bo'lsa, menga qo'ng'iroq qilsin deb aytgandi.
"Denaga achinyapman. Ha, bizning amaldagi shartnomamiz bor. Lekin u moliyaviy masalalarda o'z so'zida turmayapti. Uayt jang sanasi elon qilinishidan bir kun oldin menga qo'ng'iroq qilib, taklif etilayotgan shartlarga rozi bo'lishimni yoki kelishuvni unutishimni aytdi. Bu muzokara emasdi. Neyt Dias bilan jangimga ko'proq pul to'lashdi. Qolgan 6 ta jangga esa yo'q! Men har doim muzokaralarga tayyor bo'lganman. Gap hozir chempionlik jangi haqida ketmoqda", — dedi Masvidal "Tvitter"dagi sahifasida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar