11 iyu 10:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Xorxe Masvidal: Olti kunda 9 kg vazn tashladim
Ertaga yarim o'rta vazn toifasi chempionlik kamari uchun oktagonga ko'tariluvchi Xorxe Masvidal matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
Masvidal chempion Kamaru Usmanga qarshi jang oldidan vazn tashlash qiyin kechganini alohida urg'uladi. Xorxe jangga olti kun qolganida Abu-Dabiga kelishga rozi bo'lgandi. Boisi, Usmanning raqibi Gilbert Byornsda koronavirus aniqlangan edi.
"Olti kun ichida yigirma funt (9 kg) vazn tashlashimga to'g'ri keldi. Bu oson ish emasligini bilish uchun sportchi bo'lish shart emas. Qanchalik qiyin bo'lmasin, men bu vazifani uddaladim. Yo'qotilgan energiyani to'plab oldim deb o'ylayman. Hozir hammasi joyida. Men chempionlik jangiga tayyorman", — dedi Masvidal.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar