19 may 03:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Xurshid Tojiboev Daniyada jang o'tkazdi
Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan charm qo'lqop ustamiz Xurshid Tojiboev Daniyaning Orxus shahrida o'tkazilgan professional boks oqshomida ringga ko'tarildi.
Ushbu jangda hamyurtimizga gruziyalik Irakli SHariashvili raqiblik qildi. 6 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda g'olib ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Jangda to'liq tashabbusga ega bo'lgan bokschimiz yakunda 60:54, 60:54, 60:53 hisobida g'alaba qozondi.
Bu Xurshid uchun prof boksdagi ikkinchi jang edi. Bungacha u mart oyida polshalik raqibi ustidan g'alaba qozonib, professional ringdagi debyutini muvaffaqiyatli nishonlagandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar