14 may 12:36
Yangiliklar

Xurshid Tojiboevning prof boksdagi ikkinchi jangi sanasi va raqibi malum bo'ldi
Unga ko'ra, hamyurtimiz 18 may kuni Daniyaning Orxus shahrida tashkil etiladigan jang oqshomida ringga chiqadi. O'sha kuni bokschimizga gruziyalik Irakli SHariashvili raqiblik qiladi.
Malumot uchun, Tojiboev prof ringdagi ilk jangini shu yilning 23 mart kuni Polshada mezbon bokschi Kristof Rogovskiga qarshi o'tkazib, uchinchi raundda nokaut evaziga g'alaba qozongandi. Irakli SHariashvili esa shu kungacha prof boksda 8 marotaba ringga ko'tarilib, ularning 5 tasida g'alaba qozongan. 2 marotaba mag'lub bo'lgan (1 ta nokaut). Yana 1 marta esa durangga erishgan.
Eslatib o'tamiz, 18 may kuni Daniyada tashkil etiladigan jang oqshomida shuningdek boshqa bir bokschimiz, Olimpiya o'yinlari g'olibi SHahobiddin Zoirov ham ringga ko'tariladi.
Fikrlar