29 jan 08:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Xurshidbek Normatov Kanadada 10-jangini o'tkazdi
Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan bokschimiz Hurshidbek Normatov Kanadada navbatdagi jangini o'tkazdi.
Normatov Kanadaning Toronto shahrida o'tkazilayotgan boks oqshomida ringga ko'tarildi. Hamyurtimizning raqibi meksikalik Uriel Ernandes bo'ldi. Ushbu jang hozirgina o'z yakuniga etdi.
Sakkiz raund to'liq davom etgan qiyin va murakkab jangda Xurshidbek Normatov raqibini 80:71, 80:71, 80:71 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Jangni referi Floyd Porter boshqardi. Bu charm qo'lqop ustamizning 10-jangidagi 10-g'alabasi bo'ldi.
Malumot uchun, Normatov raqiblarini uchta jangda nokautga uchratgan. Ernandes esa bugun 19-jangini o'tkazdi. Hisobida 13ta g'alaba bor (7 ta nokaut). Bugun u oltinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar