So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

17 iyu 08:24
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

XXX Butunjahon yozgi Universiada o'yinlari g'oliblari tantanali kutib olindi

Xabaringiz bor, 3-14 iyul kunlari Italiyaning Neapol shahrida XXX Butunjahon yozgi Universiada o'yinlari o'tkazildi.

Unda O'zbekiston sport delegaciyasi ikkitadan oltin va kumush hamda to'rtta bronza, jami sakkizta medal jamg'argan holda 112 ta davlat orasida umumjamoa hisobida 19-o'rinni egalladi.

10 kun davom etgan ushbu nufuzli musobaqada sayyoramizning 112 ta davlatidan kelgan jami 5 971 nafar sportchi 18 ta sport turi bo'yicha 222 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib bordi.

Kecha delegaciyamizning qolgan azolari, universiadada taekvondo va dzyudo bo'yicha bahslarda sovrindor bo'lgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib keldi. Italiyadan yorug' yuz bilan qaytgan vakillarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, tegishli federaciyalar mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Kutib olish marosimida ishtirok etgan Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Qosimov talaba sportchilarimizni g'alabalar bilan qutlar ekan, ulardan kelgusidagi nufuzli musobaqalarda ham shu kabi zafarli yurishlar kutilayotganini malum qildi.

Eslatib o'tamiz, yozgi universiadada dzyudochilarimizdan Diyora Keldiyorova (-52 kg), Hikmatillo To'raev (-73 kg) Muhammadkarim Xurramov (-100 kg) va Davlat Bobonov (mutlaq vazn) bronza medalni hamda taekvondochimiz Niyoz Po'latov kumush medalni qo'lga kiritgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing