16 noy 08:35
Yangiliklar

Yakuniy ATR turniri. Jokovich 1/2 final masalasini hal qildi
Sovrin jamg'armasi 7 mln 600 ming dollarni tashkil etuvchi ushbu nufuzli turnirda sayyoramizning eng kuchli sakkiz nafar raketka ustasi ikki guruhga bo'lingan holda bosh mukofot uchun kurash olib bormoqda.
Kecha oqshom Ivan Lendl nomli guruhda ikkinchi turning ikkita uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Novak Jokovich kanadalik Milosh Raonichni tay-breklarda mag'lub etdi. Bu bilan serbiyalik tennischi muddatidan avval yarim final yo'llanmasini naqd qildi.
Barclays ATP World Tour Finals
London, Buyuk Britaniya
Yakuniy ATRturniri
Sovrin jamg'armasi – 7 600 000 dollar
Yopiq kortlar, xard. Guruh bosqichi
IVAN LENDL GURUHI:
Dominik Tim (Avstriya) – Gael Monfis (Franciya) 6:3, 1:6, 6:4
Novak Jokovich (Serbiya) – Milosh Raonich (Kanada) 7:6, 7:6
JON MAKINROY GURUHI:
Kei Nisikori (Yaponiya) – Sten Vavrinka (SHveycariya) 6:2, 6:3
Endi Marrey (Buyuk Britaniya) – Marin CHilich (Xorvatiya) 6:3, 6:2
Fikrlar