01 mar 12:46
Yangiliklar
Futbol
Yamal faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi. U La Liga o'yinida uchta gol urgan "Barsa" tarixidagi eng yosh futbolchi
"Barselona" vingeri Lamin Yamal faoliyatida ilk bor xet-trik qayd etdi.
18 yoshli futbolchi La Liga 26-turi doirasida "Vilyarreal" darvozasiga uchta to'p kiritdi. Vinger 28-daqiqada hisobni ochdi. Lamin 37-daqiqada dubl qayd etdi. Ikki holatda ham Fermin Lopes golga assistentlik qildi. Yamal 69-daqiqada Pedrining pasidan so'ng xet-trik qayd etdi.
La Liga tarixida faqat ikki o'yinchi uchta gol urganida undan yoshroq edi - Pombo 1934 yilda “Racing” safida 17 yosh 222 kun va Iraragori 1930 yilda “Atletik” safida 17 yosh 337 kunlik edi.
SHu tariqa, Lamin 18 yoshida La Liga o'yinida uchta gol urib, "Barsa" tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi. Lionel Messi buni 19 yosh-u 259 kunligida, Jovanni esa 19 yosh-u 6 kunligida amalga oshirgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar