23 sen 11:26
Yangiliklar
Futbol

Yamal tarixga kirdi
"Barselona"ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamal "Oltin to'p" uchun ovoz berishda kuchli uchlikka kirgan tarixdagi eng yosh futbolchiga aylandi.
Bu haqda Stats Foot statistik portali xabar bermoqda.
Yamal ovoz berishda ikkinchi o'rinni egalladi. Ovoz berish natijalari elon qilingan paytda ispaniyalik 18 yoshu 71 kunlik edi.
Lamin, shuningdek, 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan "Raymond Kopa" sovrinini ham qo'lga kiritdi. U ketma-ket ikkinchi marta ushbu sovringa ega chiqdi.
Havola :
Fikrlar