22 avg 13:40
Yangiliklar
Futbol

Yamaldan yana bir natija: u sobiq jamoadoshining La Ligadagi rekordini yangiladi
"Barselona" Ispaniya chempionatining birinchi turida "Malorka"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
Kataloniyaliklarning uchinchi golini vinger Lamin Yamal urdi. Bu gol "ko'k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi uchun La Ligadagi 15-si bo'ldi, deb xabar berdi "Opta Sports".
U XXI asrda Ispaniya chempionatida shuncha o'yinda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Yamal bunga 18 yoshu 34 kunligida erishdi. U 19 yoshu 188 kunda 15-golini urgan sobiq jamoadoshi Ansu Fatining rekordini yangiladi.
Havola :
Fikrlar