26 iyu 09:57
Yangiliklar

Yamaykalik engil atletikachilar ommaviy ravishda Turkiya safiga o'tishyapti
Turkiya yamaykalik sportchilarga ajoyib sharoitlarni vada qilmoqda: shartnoma imzolashning o'ziga 500 ming dollar, yirik musobaqalarda medallar uchun oltita raqamdan iborat mukofot pullari va doimiy yirik maoshlar.
OAVning xabar berishicha, Olimpiya chempioni Rojer Stona (disk uloqtirish) va Olimpiada bronza medali sovrindori Rajindra Kempbell (yadro uloqtirish) allaqachon Turkiya fuqaroligini olgan.
Parij-2024 kumush medali sohibi Ueyn Pinnok (uzunlikka sakrash) va o'smirlar o'rtasidagi Jahon rekordchisi Jeydon Xibbert (uch hatlab sakrash) ham Turkiya safiga o'tish arafasida.
Yamayka fuqaroligidan voz kechgan sportchilar Jahon doirasidagi musobaqalarida hozircha Turkiya sharafini himoya qila olmaydi. 2028 yilgi Olimpiada boshlanishidan oldin Turkiya bu bo'yicha kelishuvga erisha oladimi yoki yo'q, hozircha nomalum.
Fikrlar