18 iyu 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Yan Alduga qarshi jarohat bilan harakat qilgan ekan
Eng engil vazn toifasida UFC chempioni Pyotr Yan raqibi Joze Alduga qarshi jangga jarohat bilan etib kelgan.
Bu haqida uning murabbiyi Jon Xatchinson malum qildi.
“Pyotr Alduga qarshi jangga ikki yarim hafta qolganida oyog'idan jiddiy jarohat olgandi. Bu haqida hech kim hech qanday malumotga ega bo'lmadi. Bahs vaqtida Joze bir marta jarohat bor joyga kuchli zarba berishga erishdi, ammo Yan o'zida kuch topa oldi. Jangdan bir kun avval Yan test topshirdi va uning oktagonga kirishi juda xavfli ekanligini malum qilishdi. Lekin Pyotr kuchli xarakter ko'rsatdi va yakunda g'alaba qozondi”, - dedi Jon.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar