So’nggi yangiliklar

23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0 17:43Фёдор Емельяненко: "Дана Уайт фаолиятимни бўғиб қўймоқчи эди" 0 17:05"Менинг камаримни олиб қўйишди". Чимаев Стрикланд билан жангдаги мағлубиятини яна тан олмади 0 16:38III Ёшлар Олимпиадасида иштирок этадиган Қозоғистон делегацияси таркиби эълон қилинди 0 15:56"Барселона" Испаниядаги йирик темир йўл ҳалокатига муносабат билдирди 0 15:19Guangzhou Open. Тимофеева рейтингда 405-поғонада бораётган 16 яшар қизчага ютқазди 0 14:45Арман Царукян турнирнинг асосий жанги иштирокчиси бўлади + ПОСТЕР 0

07 avg 00:55
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Parij-2024

Yana bir bokschimiz finalda, yunon-rum kurashida medal uchun imkoniyatimiz bor (11-kun)

Teglar :  Parij-2024
6 avgust kuni Parij Olimpiadasining 12-kun bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Unda o'zbekistonlik sportchilarning ishtiroki quyidagicha bo'ldi: 

Yunon-rum kurashi. Aram Vardanyan (-77 kg) - nimchorak finalda g'alaba qozondi, chorak finalda yaponiyalik raqibga yutqazdi. Biroq raqibning finalga chiqqani sabab, sportchimizda bronza uchun kurashish imkoniyati paydo bo'ldi.  


Ayollar kurashi.  Aktenge Keunimjaeva (50 kg) - ilk jangida ukrainalik raqibasiga mag'lub bo'ldi.


Yunon-rum kurashi. Rustam Assakalov (97 kg) - nimchorak finalda gonduraslik raqibdan ustun keldi, lekin chorak finalda armanistonlik raqibga yutqazdi. Armanistonlik sportchining finalga chiqqani sabab sportchimizda medal uchun kurashish imkoniyati bor.


Boks. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Omari Jones (AQSH) (71 kg, yarim final) - 5:0 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi. 




Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilarning qayd etayotgan natijalaridan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ldi.

SAHIFANI YANGILASH



00:45. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev FINALDA!!! Bokschimiz yarim finalda amerikalik Omari Jonsga qarshi ringga ko'tarildi va 3:2 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi! AJOYIB!


22:45. Birozdan so'ng, aniqrog'i 00:30 dan boshlab -71 kg vaznli bokschimiz Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev final yo'llanmasi uchun AQSH vakili Omari Jonsga qarshi bahs olib boradi. 


22:00. Aram Vardanyan va Rustam Assakalov bronza medali uchun kurashadigan bo'ldi. Ularni mag'lub etgan sportchilar finalga chiqishdi. Ertaga soat 14:00dan boshlab o'tish bahslari start oladi. 


16:00. Endi soat 21:15 dan so'ng yunon-rum kurashida yarim finallar o'tkaziladi. Sportchilarimiz mag'lub bo'lgan kurashchilar finalga chiqishsa, vakillarimizda bronza uchun imkoniyat paydo bo'ladi.


15:49. Rustam Assakalov armanistonlik raqibiga 5:9 hisobida yutqazdi.


15:34. Aram Vardanyan chorak finalda yaponiyalik raqibga 2:12 hisobida yutqazdi. Exxx...


14:50. (-77 kg) Aram Vardanyan endi yaponiyalik Nao Kusaka bilan, (-97 kg) Rustam Assakalov esa armanistonlik Artur Aleksanyanga qarshi kurashadi. Sportchilarimiz ishtirokidagi chorak finallar taxminan 15:20 dan so'ng boshlanadi. 


14:44. Aktenge Keunimjaeva ukrainalik raqibasiga yutqazdi. Afsus. 


14:34. Rustam Assakalov gonduraslik raqibini 5:3 hisobida mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi!


14:26. Aram Vardanyan soniyalar ichida misrlik raqibini 9:0 hisobida mag'lub etdi! Ajoyib g'alaba!


14:00. Sport kurashlari bahslari boshlandi. Birozdan so'ng hamyurtlarimiz o'z ishtiroklarini boshlashadi. Uch nafar sportchimiz o'z ishtirokini deyarli bir vaqtda, taxminan 14:30dan so'ng boshlaydi. 


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing