10 may 12:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Yana bir bokschimiz Xabarovskdagi turnir yarim finaliga chiqdi
Rossiyaning Xabarovsk shahrida boks bo'yicha Konstantin Korotkov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.
Biroz avval, musobaqada -69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bilolbek Mirzarahimov germaniyalik Mert Karakayaga qarshi jangni yakunladi.
Bahsda hamyurtimiz to'liq ustunlikka erishdi va yakunda hakamlar bir ovozdan bokschimizning g'alabasini etirof etishdi.
SHu tariqa, Bilolbek musobaqa yarim finaliga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar