11 iyu 13:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Yana bir o'zbek bokschisi prof ringga o'tmoqda, u "Mir boksa" bilan hamkorlik qilishi mumkin
Boks bo'yicha Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori Iqboljon Xoldorov professional boksda faoliyatini davom ettirishga yaqin.
Bu haqida Xoldorov Olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda malum qildi.
"Barchasi karantindan so'ng hal bo'ladi. Nasib qilsa, professional ringda ham o'z omadimni sinab ko'rmoqchiman. Pandemiya tugab, reyslar yo'lga qo'yilganidan so'ng AQSHga yo'l olaman va muzokaralar olib boramiz.
"Mir boksa" kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqchimiz", - dedi Xoldorov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar