18 iyu 12:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Yana bir rossiyalik jangchi UFCda debyut qiladi, raqib ham malum
Rossiyalik MMA jangchisi Tagir Ulanbekov UFC promoushenida debyut qiladi.
Ulanbekovning UFCdagi ilk jangi 12 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Bu haqida sportchining menejeri Ali Abdul-Aziz xabar berdi. Ali engil vaznda UFC chempioni va yulduzi Xabib Nurmagomedovning ham menejeri hisoblanadi.
Tagir Ulanbekovning raqibi Bruno Silva bo'ladi. Braziliyalik sportchi UFCda ikkita jang o'tkazgan. Uning Xalid Taxaga qarshi o'tkazilmagan deb topilgan bo'lsa, David Dvorakka qarshi jangda esa mag'lubiyat alamini totib ko'rgan edi.
Eslatib o'tamiz, aslida Ulanbekov 18 iyul kuni "Janglar oroli"dagi UFC turnirida Aleksandr Doskalchukka qarshi oktagonga chiqishi lozim edi. Ammo, Abdulmanap Nurmagomedovning vafoti sabab Tagir Abu-Dabiga bormaslikka qaror qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar