16 iyu 14:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Yana Kunickaya UFC bilan navbatdagi jangi uchun shartnoma imzoladi + FOTO
Rossiyalik UFC jangchisi Yana Kunickaya malum tanaffusdan so'ng oktagonga qaytmoqda.
Yana navbatdagi jangi uchun shartnoma imzoladi. Bu haqida uning o'zi "Instagram"dagi sahifasida xabar berdi. Lekin Kunickaya raqibi kim bo'lishini ochiqlamagan.
"Topib ko'ringchi, raqibim kim bo'lar ekan?" — deya surat ostida izoh qoldirgan Yana.
Malumot uchun, 30 yoshli Yana Kunickaya 2009 yili aralash jang qoidalarida debyut qilgan. Uning hisobida 12 ta g'alaba va 5 mag'lubiyat bor. Yana bir jang o'tkazilmagan deya topilgan. U taekvondo, muaytay, greppling bo'yicha Rossiya chempioni, MMA BUSHIDO FC promoushenida jahon chempioni, qo'l jangi, kikboksing va taekvondo bo'yicha bir necha xalqaro turnirlar g'olib va sovrindori hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar