08 avg 11:10
Yangiliklar
Yangilangan ATR reytingida tennischilarimizning barchasida pasayish
O'tgan hafta bilan taqqoslaganda reytingning Top-10 taligida kichik o'zgarish kuzatildi. Italiyalik Yannik Sinner 2 pog'ona pastlab, kuchli o'nlikni tark etdi. Polshalik Xubert Xurkach esa 1 o'rin yuqorilab, Top-10 ga kirib oldi. Reytingni hamon rossiyalik Daniil Medvedev boshqarib bormoqda.
Yangilangan haftalik reytingda tennischilarimizning barchasi pastlashdi. Sergey Fomin o'tgan haftadagi o'rnidan 8, Humoyun Sultonov 1, Denis Istomin 2, Maksim SHin 1 o'rin pastladi. Eng kuchli "sho'ng'ish" Sanjar Fayzievda kuzatildi. Sportchimiz 120 o'rin pastlab, 885-pog'onaga joylashdi.
ATP reytingi. 8 avgust holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Daniil Medvedev (Rossiya) - 7625 ochko
2. (2) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 6850
3. (3) Rafael Nadal (Ispaniya) - 6165
4. (5) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 5035
5. (4) Stefanos Cicipas (Greciya) - 5000
6. (7) Novak Jokovich (Serbiya) - 4770
7. (6) Kasper Ruud (Norvegiya) - 4685
8. (8) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3575
9. (9) Feliks Oje (Kanada) - 3445
10. (10) Yannik Sinner (Italiya) - 3395
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
357 (349). Sergey Fomin - 122
425 (424). Humoyun Sultonov - 94
429 (427). Denis Istomin - 93
885 (765). Sanjar Fayziev - 14
1158 (1157). Maksim SHin - 5
Fikrlar