03 iyu 08:21
Yangiliklar

Yangilangan UFC reytingida Bryons birinchi o'ringa chiqib oldi, Konor 15-pog'onada qoldi
Barcha vazn toifalari orasida sezilarli o'zgarish yarim o'rta vazn toifasida kuzatildi. Yakshanba tongida sobiq jahon chempioni Tayron Vudlini mag'lubiyatga uchratgan braziliyalik Gilbert Byorns avvalgi o'rniga nisbatan besh pog'onaga yuqorilab, birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Aynan u yarim o'rta vazn toifasining amaldagi chempioni Kamaru Usmanning kamarini davogarlik qilmoqda. Mag'lubiyatga uchragan Vudli aksincha 1-o'rinni boy berib, 4-pog'onaga pastadi. Gilbert vazn etakchilari Xorxe Masvidal va Kolbi Kovingtonni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
Reyting. Yarim o'rta vazn. TOP-10
CHempion - Kamaru Usman
1 (5) Gilbert Byorns
2 (2) Kolbi Kovington
3 (3) Xorxe Masvidal
4 (1) Tayron Vudli
5 (4) Leon Edvards
6 (5) Stefan Tompson
7 (7) Demian Maya
8 (8) Maykl Keza
9 (9) Rafael Dos Anos
10 (10) Neyt Dias...
15 (15) Konor Makgregor
Fikrlar