21 iyu 20:20
Yangiliklar
Yangilangan WTA reytingida tennischi qizlarimizda yana pasayish
Bu hafta WTA reytingining TOP-10 ligida kichik o'zgarish kuzatildi. Sofiya Kenin o'z o'rnidan 1 pog'onaga pasladi va 6-o'ringa joylashdi. Elina Svitolina esa aynan Kenin bilan o'rin almashdi. Avstraliyalik Eshli Barti hamon reytingni boshqarib bormoqda. Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka ikkinchi, ruminiyalik Simona Xalep 3-pog'onaga joylashgan.
Yangilangan reytingda tennischi qizlarimizning barchasi pastladi. Sabina SHaripova va Akgul Amanmuradova 3, Nigina Abduraimova esa 2 o'ringa pastladi .
WTA reytingi 21 iyun kungi holati:
1. (1) Eshli Barti (Avstraliya)-7875 ochko
2. (2) Naomi Osaka (Yaponiya)-7346
3. (3) Simona Xalep (Ruminiya)-6330
4. (4) Arina Sobalenko (Belorus)-6195
5. (6) Elina Svitolina (Ukraina)-5835
6. (5) Sofiya Kenin (AQSH)-5640
7. (7) Byanka Andreesku (Kanada)-5266
8. (8) Serena Uilyams (AQSH)-4931
9. (9) Iga Svyontek (Polsha)-4430
10. (10) Karolina Plishkova (CHexiya)-4285
O'zbekiston tennischilarining jahon reytingidagi o'rni:
405. (402) Sabina SHaripova-117
436. (433) Akgul Amonmurodova-108
644. (643) Nigina Abduraimova-52
1312. (1311) Milana Maslenkova-5
1372. (1369) Larisa Bekmatova-4
1401.(1398) Sevil Yuldasheva-3.
Fikrlar