14 iyu 15:41
Yangiliklar
Boks/MMA

"Yangiobod" bazasida yig'inga tayyorgarlik ko'rilmoqda
Yurtimizda karantin talablari yumshatilib, o'quv mashg'ulot-yig'inlariga ruxsat berilish arafasida.
O'zbekiston boks federaciyasi ham o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlashga tayyorgarlik ko'rmoqda. SHu munosabat bilan federaciya bosh kotibi Murodjon Mamadaliev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan "Yangiobod" bazasida bo'ldi. U erda ayni paytda karantin qoidalariga mos ravishda yig'in boshlash uchun ishlar olib borilmoqda. Bazadagi bir qator obektlar, jumladan oshxona, yotoqxona, yuvinish xonalari, mashg'ulot zallari dezinfekciya qilib borilmoqda, bu borada tegishli ko'rsatmalar berildi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar