17 may 11:13
Yangiliklar
Tennis

Yannik Sinner Rim "Masters"ning ikkinchi finalchisi
Dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner tennis bo'yicha Rim "Masters" turnirining ikkinchi finalchisiga aylandi.
Italiyalik iqtidor egasi uch oylik diskvalifikaciyani o'taganiga qaramay, ilk turniridayoq finalga etib keldi. U o'z vatanida o'tkazilayotgan musobaqaning 1/2 finalida ATP reytingida 12-o'rinni egallab turgan amerikalik Tommi Polni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 1/6, 6/0, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 4:1. Bir soatu 44 daqiqa davom etgan bahsda Sinner 4 ta eys, 5 ta breyk qayd etib, 1 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Endi u bosh sovrin uchun ispaniyalik Karolos Alkarazga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar