27 fev 10:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Yaqinda avtofalokotga uchragan SHohasan Mirzamatov navbatdagi jangini Toshkentda o'tkazadi
Xabar berganimizdek, 11 may kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon League turniri tashkil etiladi.
Turnirda yarimo'rta vazn toifasida faoliyat yurituvchi o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi SHohasan Mirzamatov ham ishtirok etadigan bo'ldi.
Bu haqda hamyurtimiz o'zining Instagram tarmog'idagi sahifasi orqali xabar berdi: "Humo Arena, 11 may, 2025. Octagon League. Ko'rishamiz", deb yozgan Mirzamatov.
Fevral oyi avvalida SHohasan avtofalokatga uchrab, yarimo'rta vaznda Octagon League chempioni, qozog'istonlik Georgiy Kichiginga qarshi jangi ikkinchi bor bekor qilingan edi.
Havola :
Manba : instagram.com/shokxasanmma
Fikrlar