28 fev 09:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Xolmurod Nurmatov ACA 184 turnirida oktagonga chiqadi
Bugun Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahridagi Irina Viner-Usmanova Gymnastics Palace majmuasida ACA 184 turniri o'tkaziladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, oqshom doirasida hamyurtimiz Xolmurod Nurmatov rossiyalik 28 yoshli Imran Bukaevga qarshi jang o'tkazadi. Kecha jangchilar tarozi hamda face to face marosimlaridan muvaffaqiyatli o'tib olishdi. ACA 184 turnirining markaziy jangi esa ikki rus sportchilari — Islom Omarov va Alixan Suleymanov o'rtasida kechadi.
Malumot o'rnida, Xolmurod Nurmatov hozirga qadar 22 ta jang o'tkazib, 14 g'alaba, 7 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Imran Bukaev hisobida esa 16 g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar