27 fev 18:48
Yangiliklar
Karate

Erta tongda Anvar Boynazarov hamda yana bir hamyurtimiz Karate Combat'da jang qiladi, o'sha turnirda Kayo Borralo hamda yana ikki taniqli jangchi ishtirok etadi
Ertaga AQSHning Kolorado shtati, Denver shahrida jangovar karate bo'yicha Karate Combat 53 musobaqasi tashkil etiladi.
Turnir doirasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Anvar Boynazarov hamda SHoxrux Xolmurodov ham chiqish qiladi.
Boynazarovga meksikalik Luis Guerrero raqiblik qiladi, qizig'i tashkilotchilar Xolmurodovning kim bilan jang qilishi haqida xabar berishmagan, ammo SHoxruxning turnirda ishtirok etishi rasman malum qilingan.
Karate Combat 53 musobaqasida UFC jangchilari Kayo Borralo hamda Brendan Allen ham o'zaro bellashadi. Bundan tashqari, UFC sobiq jangchisi Robelis Despane braziliyalik Rojjers Souza bilan bahs olib boradi.
Markaziy jang chililik Artur Vergara va Peru vakili Xesus Paukarkaxa o'rtasida kechadi.
Janglar tonggi 5:00 dan keyin boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar