05 iyu 17:41
Yangiliklar
Xokkey

Yaxshi yangilik: "Tashkent Select" jamoasi yangi mavsumda ham Qozog'iston chempionatida ishtirok etadi
Bu haqda "Golovoy Ob Lyod" nashri malum qildi.
"Insayd malumotlarimizga ko'ra, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi asosini tashkil qiluvchi "Tashkent Select" yangi mavsumda ham Qozog'iston chempionatida ishtirok etish uchun ariza yuborgan. Jamoa iyul oyi o'rtalarida yig'inga kirishadi.
Lekin hamma narsa bo'lishi mumkinligini eslatib o'taman. "Humo" klubining taqdiri katta savol ostida turibdi va ehtimol, shuning uchun ham yangi mavsum taqvimi yoki boshqa rejalarni ko'rmadik. Hamma O'zbekistondan yangilik kutmoqda...", deyiladi nashr xabarida.
Malumot uchun, "Tashkent Select" yoshlar xokkey jamoasi Qozog'iston yoshlar xokkey Ligasining o'tgan mavsumida qatnashib, muntazam chempionatda 13 ta jamoa orasida 11-o'rinni egallagandi.
Havola :
Manba : t.me/GolovoiObLed
Fikrlar