So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

05 noy 14:10
Yangiliklar

Boks/MMA

Yosh bokschilarimiz Mo'g'ulistonda: akkreditaciya, adaptaciya va engil mashg'ulot + FOTO

Xabar berib o'tganimizdek, boks bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o'tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun yo'l olgandi.

Terma jamoamiz azolari bugun mahalliy vaqt bilan soat 06:15 da CHingizxon nomidagi Ulan-Bator xalqaro aeroportiga etib borishdi. Viza masalasi hal qilingandan so'ng, u erda vakillarimizni tashkiliy qo'mita tomonidan biriktirilgan "volontyorlar" kutib olishdi. Ulan-Batorda aholining asosiy qismi rus tilida ham muloqot qila olar ekan.

Bahslarga 10 noyabr kuni start beriladi. Ungacha murabbiy Hamid Tangribergenov boshchiligidagi charm qo'lqop ustalarimiz tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib borishadi. 

Terma jamoamiz azolari Ulan-Batordagi "Bayangol" mehmonxonasiga joylashishdi. Uzoq parvozdan so'ng vakillarimiz dam olishdi. Tushlikdan so'ng  esa Osiyo chempionati tashkilotchilari bokschi va murabbiylarimizni akkreditaciya uchun suratga olishdi. Kechga yaqin bokschilarimiz engil mashg'ulotlar olib borishadi. Umuman olganda vakillarimiz hozircha adaptaciya jarayonini o'tkazishmoqda. Qayd etish lozimki, Ulan-Bator faqatgina bir jihat bo'yicha Toshkentdan oldinda. U ham bo'lsa soat. O'zbekiston va Mo'g'uliston poytaxtlari o'rtasidagi vaqt tafovuti uch soatni tashkil etadi. 

CHingizxon nomidagi xalqaro aeroport


Terma jamoamiz azolari joylashgan "Bayangol" mehmonxonasi, "L" belgisi "tamirda")


Tashkilotchilar akkreditaciya jarayonini boshlab yuborishgan


Yigitlarimiz o'z vaznlarini o'lchab ko'rishmoqda


Eng asosiysi bokschilarimizning kayfiyati alo darajada. Umid qilamizki, musobaqadan so'ng ham mana shu kayfiyat o'zgarmaydi.

Saytimiz xodimi imkon darajasida musobaqadan eksklyuziv yangiliklarni etkazib turadi. Fursatdan foydalanib, mazkur safarni tashkil etishda amaliy yordam ko'rsatgan O'zbekiston boks federaciyasiga minnatdorchilik bildiramiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing