11 iyu 14:20
Yangiliklar
Dzyudo
Yosh dzyudochilarimiz Gonkong va Makaodagi reyting musobaqalarida ishtirok etadilar
13-14 iyul kunlari Gonkongda, 20-22 iyul kunlari Makaoda dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo ochiq chempionati bo'lib o'tadi.
Ushbu musobaqalar Buenos-Ayresda o'tkaziladigan o'smirlar Olimpiya o'yinlari uchun qimmatli reyting ballarini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.
O'zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqalarda quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
-55kg: Maqsud Ochilov
-66kg: Jayhun Nazarov
-48kg: Sita Qadambaeva
-52kg: Nilufar Ermagambetova
Ayni paytda sportchilarimiz o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritish uchun juda yaxshi imkoniyatga egalar. 31 iyuldan so'ng bahslarda qaysi sportchilar ishtirok etishi aniq bo'ladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar