06 okt 17:05
Yangiliklar
Dzyudo
Yosh dzyudochilarimiz JCHning mikst bahslarida bronza medalini qo'lga kiritishdi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.
Bugun musobaqaning so'nggi kuni aralash juftlik bahslari o'tkazilyapti. Unda O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etayotgani haqida xabar qilgandik.
O'zbekiston terma jamoasi avvaliga Xitoyni 4:2 hisobida taslim etdi. CHorak finalda Yaponiyaga imkoniyatni boy (0:4) berdi. Bronza medali yo'lidagi o'tish bahsida Turkiya terma jamoasi mag'lub etildi - 4:0. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa yoshlarimiz Ozarbayjonni 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.
Ikkinchi bronza esa Koreya Respublikasi vakillariga nasib qildi.
Finalda esa Yaponiya Franciya terma jamoasini 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar