18 fev 16:55
Yangiliklar
Tennis

Yosh stol tennischilarimiz xalqaro turnirda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi
Mamlakatimiz stol tennischilari Latviyaning Riga shahrida o'tkazilgan xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Yuzdan ziyod sportchi qatnashgan turnirda Islom Sultonov barcha raqibini
mag'lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.
Sportchilarimizdan Marhabo Madieva, So'g'diyona Madalieva, Rumiya Lutfulina,
Muhriddin Rajabov, Abdulaziz Anorboev bronza medalni qo'lga kiritdi.
Turnirda mamlakatimiz sportchilari umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.
Havola :
Manba : UzA
Fikrlar