26 iyu 18:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati 2021 yilga qoldirildi
Avvalroq, shu yilning noyabr oyida Polsha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilishi haqida xabar qilgandik.
AIBAning malum qilishicha, ushbu musobaqa koronavirus sabab 2021 yilga qoldirildi.
Malumotlarga ko'ra, musobaqa kelasi yilnng 10-24 aprel kunlari o'tkaziladigan bo'ldi. Qayd etish lozimki, musobaqada 2002 yilning 1 yanvaridan 2003 yilning 31 dekabrida tavallud topgan yosh bokschilar ishtirok etishadi.
"Sportchilarimizning sog'lig'i biz uchun birinchi o'rinda. Umid qilamizki, jahondagi vaziyat o'zgaradi va 2021 yilning aprelida biz Kelce shahrida ajoyib musobaqa tashkil etamiz", - dedi AIBA prezidenti Muhammad Mustaxsan.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar