11 noy 13:38
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/94749_220.jpg)
Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati. Ikkinchi bokschimizda ham g'alaba
Xabar berganimizdek, bugun Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi.
Osiyo chempionatining -60 kg vaznli bokschilar bahsida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan vakilimiz Rahmatillo Toshpo'latov musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi. Hamyurtimiz birinchi davra jangida xitoylik Jiaxao Kianga qarshi ringga chiqdi va raqibini 4:1 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar